Sana munosabati bilan Xorazm viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi Bosh boshqarmasida “Sharaf lentasi” aksiyasi tashkil etildi.








Bugun yurtimiz tarixida muhim ahamiyatga ega sana — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kunini keng nishonlamoqdamiz. Bu muqaddas bayroq bizning mustaqilligimiz ramzi, xalqimizning or-nomusi, tarixiy merosi va ertangi kunga bo‘lgan qat’iy ishonchining yorqin timsolidir.
Sana munosabati bilan Xorazm viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi Bosh boshqarmasida “Sharaf lentasi” aksiyasi tashkil etildi. Barcha xodimlar aksiyada faol ishtirok qilishdi.
Fursatdan foydalanib barcha yurtdoshlarimizni Xorazm viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi Bosh boshqarmasi jamoasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganining 34 yilligi munosabati bilan muborakbod etadi!

