Barcha yangiliklar RSS

Boshqarma haqida

Rasmiy munosabat

Joriy yilning 25- noyabr kuni Ijtimoiy tarmoqlargi “Xorazm bugun” internet nashri tomonidan e’lon qilingan Urganch shahri “Yoshlik” koʻchasi 26-uy yertoʻla qismida suv toʻplanib, nosozlik yuzaga kelgani aks etgan murojaat yuzasidan viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi Bosh boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi. 

Murojaat shu kunning o’zidayoq Xorazm viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi Bosh boshqarmasi rahbariyati tomonidan nazoratga olinib, ushbu manzilga tezkor ravishda xizmat koʻrsatuvchi brigada yoʻnaltirildi. Oʻtkazilgan oʻrganishlar davomida, yertoʻla qismidagi suv toʻplanishi markaziy oqava suv tarmogʻida shakllangan katta tiqilish sababli yuzaga kelgani aniqlandi.

Shu munosabat bilan, brigada aʼzolari tomonidan yertoʻla qismida toʻplangan suv maxsus texnik vositalar yordamida toʻliq tozalandi, sanitar holati nazoratdan oʻtkazildi. Ayni paytda oqava suv quvurlaridagi tiqilishni bartaraf etish, quvur ichidagi chirindilarni tozalash va tizimning barqaror ishlashini taʼminlash boʻyicha ishlar amalga oshirilmoqda.

Qoʻshimcha ravishda, mazkur uy atrofidagi kommunikatsiya tarmoqlarining umumiy holati ham oʻrganilib, kelgusida bunday holatlar takrorlanmasligi uchun profilaktik chora-tadbirlar belgilandi. 


28-11-2025, 10:30
Ko'rishlar: 16
Sahifani chop etish
2025-yil - “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili”