Hazorasp temiryo’l vokzali foydalanishga topshirildi
Poytaxtdan 1100 km uzoqlikdagi Xorazmga borish uchun eng xavfsiz va qulay transport bu temir yo'li deyish mumkin. So'nggi yillarda hududda temir yo'l infratuzilmasini yaxshilash maqsadida keng ko'lamli ishlar amalga oshirildi. Xivaga temir yo'l bordi. Hozirgi vaqtda tezyurar poyezd liniyalarini ishga tushirish uchun tayyorgarlik ko'rilmoqda. Ayni shu tashabbuslar doirasida va O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligi munosabati bilan Hazorasp vokzalining binosi yangidan qurib, foydalanishga topshirildi.

