Barcha yangiliklar RSS

Boshqarma haqida

Bunyodkorlik yo'lidagi yana bir loyiha

     
     
     
     

Hurmatli Prezidentimiz joriy yilning 17-oktabrida Kasaba uyushmalari faollari bilan uchrashuvida har bir viloyatda “Kasaba uyushmalari bog‘i”ni tashkil qilishni taklif qilgan edilar. 

Viloyatimizda  Urganch tumanining shaharga chegaradosh hududida  20 gektar maydonda ana shunday bog‘ yaratildi.

Nuroniylar, mehnat faxriylari, kasaba uyushmalari faollari, keng jamoatchilik vakillari ishtirokida ushbu bog‘ning ochilish marosimi o‘tkazildi.

Tadbirda viloyat hokimi Jo‘rabek Raximov qatnashib, yangi bog‘ning tashkil etilishi, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida viloyatda amalga oshirilayotgan ishlar haqida to‘xtaldi.

Ma’lumot uchun, “Kasaba uyushmalari bog‘i”ga vohamiz tuproq va iqlim sharoitiga mos  35 ming tup eng sara daraxt ko‘chatlari  o‘tqazilgan. Bog‘ markazida esa mehnatni ulug‘lovchi ramziy stella o‘rnatilgan. Bundan tashqari bog‘ hududida yurish va yugurish yo‘laklari, ayvonlar tashkil qilingan bo‘lib, mehnatkashlarining dam olishlari, sog‘lom turmush tarzini olib borishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.


22-12-2025, 11:00
Ko'rishlar: 21
Sahifani chop etish
2025-yil - “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili”