Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimi takomillashtiriladi
Davlatimiz rahbarining “Koʻp kvartirali uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
Mazkur qaror mamlakatimizda koʻp kvartirali uylarni boshqarish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish, aholiga koʻrsatilayotgan xizmatlar qamrovini oshirish, moliyaviy intizom va shaffoflikni taʼminlash, shuningdek, sohada davlat boshqaruvi samaradorligini kuchaytirishga qaratilgan muhim hujjatdir. Qarorda keltirib oʻtilgan asosiy oʻzgarishlar haqida viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi brifingida ma'lumot berildi.

