Urganch shahridagi “Yoshlar koʼli” dam olish maskani rekonstruktsiya qilinadi
Urganch shahridagi “Yoshlar koʼli” dam olish maskani rekonstruktsiya qilinib, bu yerda umumiy qiymati 200 mlrd soʼm boʼlgan yangi loyihalar amalga oshiriladi. Koʼl oʼrtasidagi orol bilan bogʼlovchi yana bir yangi koʼprik, musiqali favvora, restoran, avtoturargohlar, piyodalar va velosiped yoʼlaklari qurilib, zamonaviy chiroqlar va oʼrindiqlar oʼrnatilgach dam olish maskani butunlay yangi qiyofa kasb etadi, dam oluvchilar uchun 10 dan ortiq xizmat turlari yoʼlga qoʼyiladi.

