Hashar - elga yarashar!






Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishiga muvofiq, 13–14 mart kunlari mamlakatimiz bo‘ylab umumxalq xayriya hashari o‘tkazilishi belgilangan edi.
Bugun Xorazm viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi Bosh boshqarmasi xodimlari ham umumxalq hasharida ishtirok etishdi. Hashar Bosh boshqarma hududini obodonlashtirish, atrof-muhitni tozalash hamda jamoada birdamlik muhitini mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.
Hasharda boshqarma xodimlari faol ishtirok etib, bino va uning atrofidagi hududlarni tartibga keltirish, yo‘laklarni tozalash, daraxtlar atrofini yumshatish hamda yashil hududlarni parvarish qilish ishlarini amalga oshirdilar. Shuningdek, ortiqcha chiqindilar yig‘ishtirilib, hudud yanada ozoda va ko‘rkam holatga keltirildi.
Bunday hasharlar nafaqat hududlarni tozalashga, balki jamoa o‘rtasida hamkorlik va ahillikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

