Barcha yangiliklar RSS

Boshqarma haqida

Qalajiq-Qal’ani yangicha qiyofa kasb etadi

                             

Urganch shahridan 90 km. uzoqlikda, qumli Qoraqum cho‘lining o‘rtasida g‘aroyib voha – “Qalajiq” ekoturistik shaharchasi joylashgan. Shaharcha hududida, ikkita asosiy diqqatga sazovor joy – yoshi qariyb uch ming yilga teng qal’a va shifobaxsh xususiyatlarga ega sho‘r ko‘l mavjud.

Qalajiq-Qal'a qal’asi sho‘r ko‘l bo‘yida joylashgan bo‘lib, ko‘hna Xorazm hududidagi eng qadimiy qal’alardan biri hisoblanadi. Devorlarning balandligi 14 metr va kengligi 2,5 metrni tashkil qiladi. Qoraqum cho‘li qum tepalarining qal’a tepasidan ko‘rinishi kishilarni hayratga soladi. Issiq cho‘l qumlari, sug‘orish tizimiga ega bo‘lgan qishloq xo‘jaligi maydonlari bilan tutashib ketgan.

Endi bu hudud yanada obod bo‘ladi va yangicha qiyofa kashf qiladi. Qal’ajiq Qal’ani rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan master rejada o‘zgarishlar yaqqol tasvirlangan.


17-03-2026, 17:00
Ko'rishlar: 58
Sahifani chop etish
2026-yil - “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”