Barcha yangiliklar RSS

Boshqarma haqida

Viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig’i yosh og’ir atletikachilar bilan uchrashdi

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan har haftaning payshanba kuni idora va tashkilotlarda yoshlar kuni etib belgilangan edi. Bugun Xorazm viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i hamda O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi viloyat bo‘limi raisi Muzaffar Qalandarov viloyat terma jamoasi a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida joriy yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” va “Prezident Olimpiadasi”, shuningdek, respublika hamda xalqaro miqyosdagi nufuzli musobaqalarga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi. Sportchilar bilan samimiy muloqot olib borilib, ularning fikr va takliflari tinglandi.

Suhbat jarayonida sportchilar faoliyati davomida duch kelayotgan muammolar ko‘rib chiqilib, ularni bartaraf etish yuzasidan zarur choralar belgilandi. Shuningdek, hududiy federatsiya tomonidan sportchilarning oila a’zolari bilan doimiy aloqada bo‘lish va ularning holidan muntazam xabar olib borish muhimligi alohida ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunida sportchilardan bor e’tibor va kuch-g‘ayratni yaqinlashib kelayotgan musobaqalarda yuqori natijalarga erishishga qaratish so‘raldi.


19-03-2026, 17:00
Ko'rishlar: 3
Sahifani chop etish
2026-yil - “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”