Barcha yangiliklar RSS

Boshqarma haqida

Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardagi “EFFECT.UZ” internet nashri tomonidan eʻlon qilingan “KIM HAQ? TADBIRKORGA HAMMA NARSA MUMKINMI?” sarlavhasi ostidagi murojaat yuzasidan viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi Bosh boshqarmasi quyidagilarni maʻlum qiladi.

Aniqlanishicha, Bogʻot tumani qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimi tomonidan “Hurriyat” mahallasida faoliyat olib borayotgan “Codiriy construction” MChJ rahbari Q.Xasanovga tegishli tartibda “Koʻp qavatli turar joy” binosi qurish uchun 23.10.2024-yil №155242375-sonli ruxsatnoma berilganligi maʻlum boʻldi.

Ushbu ruxsatnomaga asosan Xorazm viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi tomonidan 30.10.2024-yilda №1733-1733204-204903-sonli arxitektura-rejalashtirish topshirigʻi (ART) tayyorlab berilgan.

Shuningdek, tegishli tartibda arxitektura shaharsozlik kengashi ishchi organining 25.12.2024-yilda №162438132-sonli xulosalariga asosan ushbu hududda koʻp qavatli turar joy binosi qurilishiga ruxsat etilgan hamda loyiha-smeta hujjatlari tayyorlanib, tegishli davlat ekspertizasidan oʻtkazilgan.

Bundan tashqari, ushbu hududda koʻp qavatli turar joy qurish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Xorazm viloyati “BUSSOL” XK Geologiya-Geodeziyaning 13.09.2024-yildagi №22/1-58-sonli xulosasi berilgan va qurilish ishlarini boshlash uchun tegishli tashkilot tomonidan 188365149-sonli xabarnoma yuborilgani aniqlandi. Yuqoridagilarga koʻra, Bogʻot tumani, “Hurriyat” mahallasi hududidagi “Codiriy construction” MChJ tomonidan qurilayotgan toʻqqiz qavatli turar-joyni qurilishi, Urganch-Hazorasp yoʻliga nisbatan (baland pastligi) qilinib, qurilish ishlari olib borilayotganligi maʻlum boʻldi. Shuningdek, tumanidagi “Codiriy construction” MChJ rahbari Q.Xasanovga koʻp qavatli turar-joyning hovlisiga hamda fuqarolarning tegishli turar joyiga olib boruvchi yoʻlini betonlashtirishda tuman qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimi bilan kelishgan holatda amalga oshirish lozimligi boʻyicha yozma koʻrsatma berildi va Q.Xasanov yozma koʻrsatmada keltirilgan holat boʻyicha 24.12.2025-yilda yozma ravishda kafolat xati bergan.

Ushbu quruvchi tomonidan berilgan kafolat xatida, koʻp qavatli turar-joyning qurilish ishlari yakuniga yetganidan soʻng, yoʻlni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari hamda Urganch-Hazorasp yoʻli yoqasidan oʻtgan piyodalar yoʻlakchasiga moslab betonlashtirish ishlarini tashkil etishi kafolatlangan.


25-03-2026, 16:00
Ko'rishlar: 2
Sahifani chop etish
2026-yil - “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”