Barcha yangiliklar RSS

Boshqarma haqida

Xorazm viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi Bosh boshqarmasi boshlig'i M.Kalandarov talabalar bilan uchrashdi




Urganch innovatsion universitetidagi tadbirda Xorazm viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi Bosh boshqarmasi boshlig'i Kalandarov Muzaffar Iskandarovich ishtirok etib, talabalarning taklif va qiziqishlarini o'rgandi. Uchrashuv davomida asosiy e'tibor muhtaram prezidentimizning yoshlar bandligini ta'minlash, ularni kasbga yo'naltirish, qiziqishlarini munosib rag'batlantirish borasida bergan topshiriq va ko'rsatmalari ijrosini ta'minlashga qaratildi. Ya'ni oliy ta'lim dargohida tahsil olish bilan birga o'z-o'zini band qilish maqsadida hunar o'rganayotgan talaba-yoshlar tomonidan bildirilgan fikrlar va takliflar o'rganildi.

Shuningdek, qurilish sohasi va ushbu sohani marketing qilishga qiziqish bildirgan, yoshlar uchun uy-joy masalasida subsidiya ajartilishining qanday tartibda amalga oshirilishi borasida talabalar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berilib, amaliy yordam ham ko'rsatilishi belgilab olindi.

Darhaqiqat, bu kabi uchrashuvlar yosh avlodning qiziqish va takliflarini o'rganish bilan bir qatorda, ularga amaliy yordam berish, o'zlari qiziqqan sohaga tog'ri yo'naltirish va albatta, jamiyatimiz hayotida munosib o'rin egallashlarida muhim ahamiyat kasb etishi shubhasizdir.


2-04-2026, 10:00
Ko'rishlar: 5
Sahifani chop etish
2026-yil - “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”