Barcha yangiliklar RSS

Boshqarma haqida

Xorazmda ulkan loyiha: Urganchdan Tuproqqal’agacha bo‘lgan yo‘l beton qoplamaga o‘tkazilmoqda

      
      

Viloyatimizda transport infratuzilmasini zamonaviylashtirish yo‘lida tarixiy qadam tashlandi.

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida “D213 Urganch — Xonqa — Hazorasp — Amudaryo — A380” avtomobil yo‘lining 84 km qismini rekonstruksiya qilish loyihasiga start berildi.

Loyiha doirasida mavjud 2 tasmali asfalt-beton yo‘l 4 tasmali zamonaviy sement-beton yo‘lga aylantiriladi. Amudaryo ustidan yangi ko‘prik quriladi hamda 49 ta mavjud ko‘prik kengaytiriladi. 3 ta yer usti va 1 ta yer osti piyodalar o‘tish yo‘laklari barpo etiladi.

Jumladan, D213 yo'lining Tuproqqal'a tumanidan o'tgan 10 km qismi yangilanadi.

Bugun o‘tkazilgan tantanali marosimda Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari O.Odilov, viloyat hokimining o‘rinbosari S.Bekchanov, tuman hokimi A.Jimalyazov hamda mahalla oqsoqollari va jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.


11-04-2026, 09:00
Ko'rishlar: 3
Sahifani chop etish
2026-yil - “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”