Barcha yangiliklar RSS

Boshqarma haqida

Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligi Ochiqlik indeksida “yashil” toifadan joy oldi


Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan 2025-yilda davlat organlari va tashkilotlarida ochiqlik boʻyicha amalga oshirilgan ishlar samaradorligi va natijadorligini baholashga qaratilgan Ochiqlik indeksi yakuniy natijalari eʼlon qilindi.

Unga ko‘ra, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi 82,1 ball bilan “yashil” toifadan o‘rin oldi.

Mazkur baholashda 97 ta vazirlik, idora, muassasa hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati qamrab olinib, jarayon 8 ta indikator va 84 ta mezon asosida amalga oshirildi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, 66 ta davlat organi “yashil”, 22 tasi “sariq” va 9 tasi “qizil” toifada baholandi.

Shuningdek, 2022-yil natijalari bilan taqqoslaganda “yashil” toifadagi tashkilotlar soni 3,5 barobarga oshgani ochiqlik borasidagi tizimli islohotlar samarasini ko‘rsatmoqda.


13-04-2026, 12:30
Ko'rishlar: 6
Sahifani chop etish
2026-yil - “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”