Bayram shukuhi





Xorazm viloyatida kommunal soha vakillari tomonidan viloyat hududidagi 2 mingdan ortiq ko‘p kvartirali uylarda istiqomat qilayotgan aholi vakillariga sifatli kommunal xizmatlar ko‘rsatishni tashkil etish yo‘lida fidokorona mehnat qilmoqdalar. Yurtdoshlarimiz og‘irini yengil qilishdek zahmatli va sermashaqqat kasbu-kor bilan jamiyatda munosib o‘rin topayotgan soha xodimlarining faoliyati bugun alohida e’tirofga sazovordir.
Bugun kasb bayrami munosabati bilan Urganch shahrida bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirda bir guruh soha fidoyilarining mehnatlari munosib taqdirlanib, ularga “Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish a’lochisi" ko‘krak nishonlari va guvohnomalari, Viloyat hokimining faxriy yorliqlari tantanali ravishda topshirildi.
Tadbirda shuningdek, sohada o‘zlarining fidokorona mehnatlari bilan namuna bo‘lib kelayotgan soha faxriylariga shogirtlar tomonidan ehtirom ko‘rsatildi.

