O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Xorazm viloyatiga tashrifi davomida eskirgan suv ko'taruvchi nasos stantsiyasidagi holatni bevosita borib o'rgandi


"Milliondan ortiq odamni toza ichimlik suvi bilan taʼminlaydigan “Urganch-1” yirik nasos stansiyasi ham zudlik bilan modernizatsiya qilinishi va yangilanishi zarur bo‘lgan obyektlardan biridir.
Bugun ko‘tarilgan barcha masalalar eng qisqa muddatlarda hal etilishi shart. Viloyat hamda tumanlar rahbariyati ishtirokida o‘tkazilgan yakuniy yig‘ilishda hududdagi vaziyat muhokama qilinar ekan, bunga alohida urgʼu berildi.
Muammolarni ochiq-oydin gapirish, birgalikda tahlil qilish va ustuvor tartibda hal etish muhimdir", deydi S.Mirziyoyeva.
Ma'lumot uchun ta'kidlash kerakki, Urganch shahar "Obi hayot" mahallasida joylashgan mazkur ob'ekt 1970-yilda qurilgan bo'lib, uning to'rtta nasosidan biri nosozdir.

