Barcha yangiliklar RSS

Boshqarma haqida

Xorazmda issiqlik ta’minoti tizimi o‘rganildi

      
      

Joriy yilning 1–6 may kunlari Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, “Issiqlik ta’minoti” AJ hamda Energiya samaradorligi milliy agentligi mutaxassislaridan iborat ishchi guruh hududlarda markazlashgan issiqlik ta’minoti tizimi va ichki infratuzilma holatini o‘rgandi.

Xususan, ishchi guruh Xorazm viloyatining Tuproqqala tumanida bo‘lib, 2024-yilda barpo etilib foydalanishga topshirilgan zamonaviy issiqlik qozonxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Mazkur qozonxona bugungi kunda “Muhabbat” mahalla fuqarolar yig‘inidagi 20 ta ko‘p kvartirali uyni barqaror issiqlik energiyasi bilan ta’minlab kelmoqda.

O‘rganishlar davomida aholi ehtiyojlari va istiqboldagi talablar chuqur tahlil qilinib, Tuproqqala tumanida yana 33 ta ko‘p kvartirali uy hamda 15 ta ijtimoiy soha obyektini markazlashgan issiqlik energiyasi bilan qamrab olish imkonini beruvchi yangi issiqlik qozonxonasini qurish bo‘yicha Hukumatga taklif kiritish uchun tegishli hujjatlar tayyorlandi.

Mazkur tashabbuslar hududlarda zamonaviy kommunal infratuzilmani rivojlantirish, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish hamda energiya samaradorligini ta’minlashga xizmat qiladi.


8-05-2026, 10:30
Ko'rishlar: 32
Sahifani chop etish
2026-yil - “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”