Barcha yangiliklar RSS

Boshqarma haqida

Ko‘p kvartirali uylarning ichki issiqlik tizimlarini tiklash ishlari o‘rganilmoqda



Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi mutasaddi xodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-noyabrdagi 724-son qarori ijrosi yuzasidan Xorazm viloyatida ko‘p kvartirali uylarning ichki issiqlik tizimlarini tiklash va markazlashgan issiqlik ta’minotiga ulash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida, qurilish-montaj hamda ajratilgan mablag‘larni o‘zlashtirish ishlari belgilangan muddatlarda amalga oshirilganligi, biroq, obyektlarni loyihalashtirishda bir qator kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi aytib o‘tildi.

Ma`lumot uchun: Mazkur qaror bilan Xorazm viloyatida 51 ta ko‘p kvartirali uylarning ichki issiqlik tizimlarini tiklash uchun 19 mlrd. so‘m ssuda mablag‘lari ajratilgan.


19-05-2026, 18:00
Ko'rishlar: 28
Sahifani chop etish
2026-yil - “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”