Barcha say-harakatlar aholi farovonligi uchun
Urganch shahrining markaziy nuqtalaridan biri husoblangan Olimpia mahallasida bugun katta o‘zgarishlarga qo‘l urildi. Mahallaning asosiy qismi ko‘p qavatli uylardan iborat. Bugun mahallada boshlangan ishlar infratuzilma, ko‘p qavatli uylarni ta’mirlash, yashil hududlarni ko‘paytirish borasida kompleks ishlar amalga oshirilmoqda. Albatta bu say-harakatlar aholi farovonligini yaxshilash uchun amalga oshirilmoqda.

