Xorazm viloyatida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar diqqatiga!

Joriy yilning 13-iyul kuni Xorazm viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘ining qurilish sohasi tadbirkorlari bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tadi.
Muloqot davomida:
— sohadagi mavjud muammolar;
— tadbirkorlarni qiynayotgan masalalar;
— taklif va tashabbuslar muhokama qilinadi.
Manzil: Xorazm viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi bosh boshqarmasi binosi
Vaqt: 10:00
Ma’lumot uchun aloqa: +998 90 578 15 51

