Mini-futbol bo‘yicha “Rahbar kubogi” sport musobaqasining saralash bahslari bo‘lib o‘tdi






Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi markaziy apparati hamda tizim tashkilotlari xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va sportni ommalashtirish maqsadida vazirlikning 88-sonli buyrug‘i imzolangan edi.
Ushbu buyruqqa asosan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, hududiy bosh boshqarmalar hamda tizim tashkilotlari jamoalari o‘rtasida “Rahbar kubogi” sport musobaqalarining saralash va final bosqichlarini yuqori saviyada o‘tkazish belgilangan.
Sportning mini-futbol turi bo‘yicha musobaqaning A guruhi saralash o‘yinlarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm hamda Navoiy viloyatlari jamoalari o‘zaro kuch sinashdilar.
O‘yinlar natijalari quyidagicha qayd etildi:
- 1-uchrashuv: Xorazm viloyati — Qoraqalpog‘iston Respublikasi (1 : 0)
- 2-uchrashuv: Xorazm viloyati — Navoiy viloyati (3 : 2)
- 3-uchrashuv: Navoiy viloyati — Qoraqalpog‘iston Respublikasi (5 : 3)
Murosasiz va shiddatli kechgan bahslar yakuniga ko‘ra, ketma-ket ikki bor g‘alabani qo‘lga kiritgan Xorazm viloyati jamoasi A guruhida 1-o‘rinni egallab, musobaqaning keyingi bosqichiga yo‘llanmaga ega bo‘ldi.

