Barcha yangiliklar RSS

Boshqarma haqida

Xorazm viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi Bosh boshqarmasining vazifalari quyidagilar hisoblanadi:

 

a) shaharsozlik faoliyati sohasidagi vazifalari:

xududda Bosh boshqarmaga yuklangan vazifalarni samarali bajarish;

shaharsozlik yo‘nalishlari bo‘yicha takliflarni tayyorlash, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning tarmoq va hududiy dasturlarini tayyorlashda ishtirok etish;

yuqori samarali va energiyani tejaydigan loyiha yechimlari va qurilish materiallarini, zamonaviy qurilish texnologiyalari va innovatsiya loyihalarini tatbiq etishda ko‘maklashish;

aholi punktlarining shaharsozlik xujjatlarini ishlab chiquvchilar va mutaxassislarning malakasini doimiy ravishda oshirish va ularni qayta tayyorlashni tashkil qilishda ishtirok etish;

tegishlicha shaharlar va tumanlar hokimlari, prokuratura, ichki ishlar va davlat soliq xizmati hududiy organlari rahbarlari boshqaradigan kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sektorlari (keyingi o‘rinlarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sektorlari deb ataladi) bilan hamkorlik qilish;

shaharsozlik faoliyati sohasida xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, qurilish-pudrat tashkilotlarning malakali quruvchi, loyihachi va boshqa mutaxassislar bilan ta’minlashda ishtirok etish.

 

b) uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasidagi vazifalari:

Vazirlikning uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasidagi yagona davlat siyosatini hudud miqiyosida tadbiq etish va tarmoqlararo muvofiqlashtirishni amalga oshirish;

ko‘p kvartirali uylarni boshqaruv organlari faoliyatini muvofiqlashtirish va ko‘p kvartirali uylarni texnik holatini monitoring qilish;

ko‘p xonadonli uy-joy fondini mukammal va joriy ta’mirlash ishlarini monitoring qilish;

ko‘p kvartirali uy-joy fondini saqlash, ulardan foydalanish va umumiy mulkni saqlashga qaratilgan majburiy badallar miqdorini aniqlash yuzasidan boshqaruv organlariga uslubiy ko‘maklashish;

ichimlik suv va oqova suvlarni chiqarib yuborish ob’ektlarini, issiqlik ta’minoti tizimlarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish dasturlarini amalga oshirilishini monitoring qilish;

issiqlik ta’minoti tizimida, jumladan qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanib, energiya va resursni tejaydigan yangi texnologiya va uskunalarni joriy qilish bo‘yicha kompleks tadbirlarni amalga oshirish;

markaziy qozonxonalarni, issiqlik tarmoqlarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish borasida dasturlarini amalga oshirish va monitoringini yuritish;

rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribasini inobatga olgan holda uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida normativ-xuquqiy bazani takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish;

ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish xizmatlari, issiqlik ta’minoti bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlarga tarif siyosatini shakllantirish hamda uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi tashkilotlarining iqtisodiy barqarorligini mustahkamlash yuzasidan takliflar ishlab chiqish;

uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasining hududdagi tashkilotlari xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakalarini oshirish bo‘yicha extiyojni o‘rganish, shu yuzasidan takliflar kiritish;

Bosh boshqarma va uning tashkiliy tuzilmasidagi korxona va tashkilotlarda axborot kommunikatsiya texnologiyalari faoliyatini yo‘lga ko‘yish va barqarorligini ta’minlash;

ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasini rivojlantirish va tartibga solishda ishtiroq etish, sohada xizmat ko‘rsatuvchilar faoliyatiga ko‘maklashish;

bosh boshqarma va uning tashkiliy tuzilmasidagi korxona va tashkilotlarda balans va moliyaviy hisobotlarni qabul qilish, tahlil qilish hamda Vazirlikka taqdim qilish.



Bosh boshqarma o‘ziga yuklangan asosiy vazifalariga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

 

a) shaharsozlik faoliyati sohasidagi funksiyalari:

kelishilgan loyiha hujjatlarining fasad, kichik arxitektura shakllari va boshqa arxitekturaviy yechimlaridan jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan chekinish sodir etilganda mazkur holatlarga nisbatan chora ko‘rish uchun to‘plangan materiallarni vazirlikning tegishli bo‘limiga, mahalliy hokimiyat organlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etib boradi;

qonunchilik hujjatlarida belgilangan holatlarda va tartibda qurilishi tugallangan ob’ektlarni foydalanishga qabul qilish komissiyalari ishida ishtirok etadi;

viloyat hududini rejalashtirish sxemalari, aglomeratsiyalarni rivojlantirish strategiyalari, umumdavlat va mahalliy ahamiyatga molik alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati ob’ektlarining shaharsozlik hujjatlari, aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlari ishlab chiqilishi, kelishilishi va tasdiqlanishida ishtirok etadi; 

maqsadli dasturlarga kiritilgan qurilish ob’ektlarining loyiha topshiriqlarini kelishadi;  

ob’ektlarning joylashuvi bo‘yicha qurilish chizig‘ini belgilaydi;

umumdavlat va mahalliy ahamiyatga molik alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati ob’ektlari uchun chegaralar belgilash haqida takliflar kiritadi;

bosh rejalar mavjud bo‘lmagan hududlarda hamda bosh reja ishlab chiqilayotgan davrda, shuningdek batafsil rejalashtirish loyihalarida nazarda tutilmagan ob’ektlar joylashtirilishini shaharsozlik kengashlarida ko‘rib chiqadi va kelishadi;

o‘z vakolati doirasida aholi punklarining shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlashni tashkil qilishda ishtiroq etish;

tegishli hududda shaharsozlik faoliyati ob’ektlarini joylashtirish va muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha takliflar kiritish; 

aholi punklarining shaharsozlik hujjatlari asosida (mavjud bo‘lganda) shaharsozlik faoliyati ob’ektlari, bino-inshootlar, muhandislik va transport infratuzilmasi ob’ektlari qurilishi yoki rekonstruksiyasi, shuningdek, hududdni obodonlashtirishni loyihalashtirish uchun arxitektura-rejalashtirish topshiriqlarini ishlab chiqadi;

shaharsozlik hujjatlarining amalga oshirilishi yuzasidan monitoring olib boradi;

davlat shaharsozlik kadastri yuritilishida ishtirok etadi;

loyiha hujjatlarining arxitektura qismini saqlashga doir elektron arxivni yuritadi;

shaharsozlik faoliyati sohasida davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar tayyorlashda qatnashadi;

o‘z vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha hududiy maqsadli dasturlar, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish prognozlarining shaharsozlik bo‘limlarini (qismlarini) ishlab chiqishda va amalga oshirishda qatnashadi;

aholini shaharsozlik faoliyati to‘g‘risida muntazam ravishda xabardor qilib boradi;

shaharsozlik normalari va qoidalarini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi;

shaharsozlik faoliyati, shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish, pudrat ishlari va qurilish materiallari bozorini rivojlantirish, qurilish-montaj ishlariga yangi texnika va zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash masalalari bo‘yicha xalqaro ilmiy-texnik va iqtisodiy hamkorlikni amalga oshirishda tegishli hududdagi tashkilotlarga amaliy yordam ko‘rsatadi, xorijiy hamkorlar bilan aloqalar o‘rnatishda ko‘maklashadi;

shaharsozlik hujjatlari asosida hududlardagi yerlardan samarali foydalanish, shuningdek, tegishli hududda muhandislik, transport ga oid va infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha takliflar kiritadi;

shaharsozlik faoliyati ob’ektlarini joylashtirish hamda shahar, shaharcha va qishloq (ovul)ning chegaralarini belgilash to‘g‘risida takliflar kiritadi;

yuqori samarali va energiyani tejaydigan loyiha yechimlari, qurilish materiallarini, zamonaviy qurilish texnologiyalari va innovatsion loyihalarni amaliyotga tatbiq etishda ishtirok etadi; 

tegishli hududdagi shaharsozlik faoliyati ob’ektlari bo‘yicha loyihalashtirish ishlarini va kompleks muhandislik qidiruvlarini, shuningdek, shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilarning mualliflik nazoratini muvofiqlashtirib boradi; 

Bosh boshqarma huzuridagi hududiy Arxitektura-shaharsozlik kengashi faoliyatini tashkil etadi; 

belgilangan tartibda binolar, inshootlar va boshqa ob’ektlarning loyihalarining arxitektura qismini kelishib beradi yoki asoslantirgan holda rad etadi;

shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar va ob’ektlar qurilishi bo‘yicha pudratchilarning reyting baholarini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlar tizimini joriy etishda ishtirok etadi;

qurilishda islohotlarni chuqurlashtirish, shuningdek, pudrat ishlari bozorini rivojlantirish bo‘yicha takliflarni Vazirlikka kiritadi;

qurilish industriyasi korxonalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini, shuningdek, qurilish materiallari, konstruksiyalari va buyumlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning axborot bazasini shakllantirishda ishtirok etadi;

sohaga kirib kelayotgan zamonaviy texnika va texnologiyalarni inobatga olgan holda qisqa muddatli malaka oshirish kurslarining dasturlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishda ishtirok etadi;

sohaga oid faoliyat yuritayotgan mutaxassislar malakasini oshirish va sertifikatlash choralarini ko‘rish yuzasidan takliflar kiritadi; 

nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish maqsadida hududlarda amalga oshirilayotgan qurilish ob’ektlarida ko‘chma mashg‘ulotlar tashkil etishda ko‘maklashadi;

soha mutaxassislarining ishlab chiqarish amaliyotlarini o‘tash bazasi sifatida ularni loyiha va pudrat tashkilotlariga joylashtirishga ko‘maklashadi;

arxitektura va qurilish rivojlanishi holati monitoringini olib boradi, mintaqada kelajakda ularni yanada rivojlantirish bo‘yicha prognozlarni shakllantiradi;

vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar hududiy bo‘linmalarining arxitektura va qurilish sohasidagi ishlarini muvofiqlashtiradi; 

belgilangan tartibda tasdiqlangan arxitektura va qurilish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosini ta’minlaydi;

arxitektura va qurilish sohasida o‘zini ko‘rsatgan xodimlarni, shuningdek, arxitektura va qurilishni rivojlantirishga ko‘maklashgan boshqa shaxslarni mukofotlash haqida taklif tayyorlaydi va belgilangan tartibda taqdim etadi.

 

 b) uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasidagi funksiyalari:

jismoniy va yuridik shaxslarning uy-joy kommunal xizmatlariga bo‘lgan talabini o‘rganadi va o‘rnatilgan tartibda Vazirlikka taqdim qiladi;

iste’molchilarga uy-joy kommunal xizmatlar ko‘rsatish sifat darajasini oshirish va energiya tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish yuzasidan takliflar kiritadi;

ko‘p xonadonli uy-joy fondi, ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish xizmatlari, issiqlik ta’minoti sohasida qurilish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilishga doir dasturlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;

hududiy uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish tizimiga raxbarlik qiladi, uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish ob’ektlaridan foydalanadigan tashkilotlar faoliyatiga ko‘maklashadi;

ko‘p xonadonli uy-joy fondi, issiqlik ta’minoti, ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimlarining texnik-iqtisodiy holati ko‘rsatkichlarini o‘rganadi va monitoring qiladi;

ko‘p kvartirali uylardan va ko‘p kvartirali uylarga to‘tash yer uchastkalaridan foydalanish hamda ularni saqlash bo‘yicha tizimli ishlarni samarali tashkil etishda ishtiroq etadi;

ko‘p kvartirali uylarni mavsumiy foydalanishga o‘z vaqtida va sifatli tayyorlash ishlarini tashkil qilishda ishtiroq etadi;

ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlariga novatorlik faoliyatini va zamonaviy innovatsion texnologiyalarni joriy etishga ko‘maklashish;

ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari faoliyatining texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini tahlil qilib boradi hamda Vazirlikka taqdim qilib boradi;

uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, ularning turlarini kengaytirish, ishlab chiqarishning moddiy va energiya iste’molini kamaytirish va bu sohani takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;

mahalliy ijro hokimiyati organlari va fukarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining ko‘p xonadonli uylarning saklanishini ta’minlash, uy-joy kommunal xo‘jaligi ob’ektlarining barqaror ishlashi masalalari yuzasidan o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yadi;

hudud aholisini uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish tashkilotlarining faoliyati to‘g‘risida muntazam xabardor qiladi, jismoniy shaxslar, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxslarning Bosh boshqarma vakolatiga kiritilgan masalalarga taalluqli murojaatlarini qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqadi va zarur choralar ko‘radi;

ko‘p xonadonli uy-joy fondini ta’mirlash, obodonlashtirish va undan foydalanish ko‘p xonadonli uylarni boshqarish va boshqaruvni amalga oshiradigan tashkilotlarni nazorat qilish tizimining faoliyat ko‘rsatishi, uy-joy munosabatlari ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari to‘g‘risida aholini axborot bilan ta’minlaydi;

ko‘p xonadonli uy-joy fondining turar joylarini yashash uchun yaroqsiz deb tan olish tadbirlarini belgilangan tartibda amalga oshirishda ishtirok etadi hamda ko‘p xonadonli uy-joy fondining avariya holati monitoringini olib boradi;

ko‘p xonadonli uy-joy fondini kuz-qish mavsumida barqaror ishlashga tayyorlash borasida mahalliy ijro hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatiga ko‘maklashadi;

ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasidagi dasturlar, strategiyalar hamda konsepsiyalarni ishlab chiqish uchun aniq takliflarni shakllantirish va ularni amalga oshirishda ishtiroq etish;

aholining ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish bo‘yicha xizmatlar bilan kamrab olinishi monitoring qilish;

aholi punklarini ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish buyicha xizmatlar bilan ta’minlash uchun davlat ijtimoiy buyurtmalari uchun taklifni shakllantirish;

ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatilishida xususiy sektorning ishtiroqini kengaytirish bo‘yicha choralar ko‘rish, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik asosida kengaytirish choralarini ko‘rish;

ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtiroq etish;

ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasidagi tarif siyosatini shakllantirishga ko‘maklashish uchun hududdagi tariflarni iqtisodiy va texnik tomondan tahlil qilish;

ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirishga ko‘maklashish;

ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasida xodimlarga bo‘lgan ehtiyojni tahlil qilish hamda ularni tayyorlash bo‘yicha takliflarni shakllantirish;

ichimlik suvi ta’minoti tashkilotlari faoliyati samaradorligining asosiy mezonlarini bajarilishini baholashda ishtiroq etish;

ichimlik suv va oqova suvlarni tozalash inshootlarini texnologik auditdan o‘tkazish bo‘yicha takliflarni shakllantirish hamda suvni tejash bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish;

ichimlik suvi ta’minoti  tashkilotlari uchun suvni texnologik jihatdan sarflanishi va yo‘qotilishini yo‘l qo‘yiladigan normalarni (limitlarini) belgilashda ishtiroq etish;

ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish ob’ektlarini qurish hamda rekonstruksiya qilishga doir aniq yo‘naltirilgan dasturlarni shakllantirishda ishtiroq etish;

davlat ijtimoiy buyurtmasi asosida ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasidagi loyihalarning ruyobga chiqarilishi monitoringirni mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari bilan hamkorlikda amalga oshirish;

issiqlik ta’minoti tizimida, jumladan qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanib, energiya va resursni tejaydigan yangi texnologiya va uskunalarni joriy qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;

ob’ektlarda energiya samaradorligini ta’minlaydigan mahalliy kozonxonalar qurish, shuningdek xonadonlar ichida alohida issiqlik ta’minoti tizimlarini o‘rnatish orqali markazlashtirilmagan issiqlik ta’minoti tizimini rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;

ob’ektlarda energiya samaradorligini ta’minlaydigan mahalliy qozonxonalar qurish, shuningdek, xonadonlar ichida alohida issiqlik ta’minoti tizimlarini o‘rnatish orqali markazlashtirilmagan issiqlik ta’minoti tizimini rivojlantirish bo‘yicha takliflarni tayyorlaydi;

jismonan va ma’nan eskirgan, samaradorligi past qozonxona agregatlari, nasos uskunalari, ishdan chiqqan magistral va taqsimlash issiqlik tarmoqlarini modernizatsiya, rekonstruksiya qilinishini hamda ularni almashtirilishida qatnashadi;

energiya resurslarini ishlab chiqarish va iste’mol qilishni normativ hisobga olishni yo‘lga qo‘yish, abonentlarni issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun kelib tushadigan mablag‘lar va to‘lovlarni avtomatlashtirilgan hisobga olish tizimini joriy qilinishini tashkil etadi;

uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi uchun kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga ehtiyojni o‘rganadi, uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi uchun xodimlar tayyorlashni, xorijiy mamlakatlarda tajriba orttirish uchun nomzodlarni jalb qilish ishlarini tashkil qiladi;

tegishli davlat boshqaruvi organlari bilan xamkorlikda boshqarma va uning tashkiliy tuzilmasidagi korxona va tashkilotlarda korrupsiyani oldini olishga qaratilgan ishlarni tashkillashtiradi;

Bosh boshqarma qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.


29-10-2024, 15:16
Ko'rishlar: 643
Sahifani chop etish