
Joriy yilning 19 - fevral kuni Xiva tumanida soat 11:00 da Xorazm viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi bosh boshqarmasi rahbariyatining Xiva tumanida sayyor qabuli tashkil qilinadi.
Sayyor qabul davomida asosiy eʼtibor aholini qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasi tizimida qiynab kelayotgan muammoli masalalarni aniqlash va ularga yechim topish, aholini roziligini taʼminlash, fuqarolarning qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasiga boʼlgan ishonchini yanada mustahkamlashga qaratiladi.
Manzil: "Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi Xiva tumani bo'limi" binosi (Xiva tuman hokimligi binosi)
