



“Eng yaxshi ko‘p kvartirali uyni boshqarish organi” ko‘rik tanlovi Xorazm viloyatining 2-bosqichi ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.
Bugungi kunda Xorazm viloyatida 1 844 ta ko‘p qavatli uy-joylar mavjud. Ushbu uy-joylarga viloyat bo‘yicha 28 ta boshqaruv servis kompaniyalar xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Tanlovning 1-bosqichida qatnashgan 28 ta boshqaruv kompaniyalari faoliyati tahlil qilindi va bugungi kunda viloyat bosqichiga 5 ta boshqaruv servis kompaniyasi o‘tishga muvaffaq bo’ldi.
Dastlab ishtirokchilar o’ziga ajratilgan maydonda ish faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘rgazmali qurollar bilan qatnashdilar. Shuningdek, ko‘p qavatli uy-joylarning texnik holatlari bo‘yicha ma’lumotlar komissiya a’zolari tomonidan o‘rganib chiqildi.
Ko‘rik tanlovning viloyat bosqichi yakuni bo‘yicha “Drujba Foton” boshqaruv servis kompaniyasi Respublika ko‘rik tanloviga yo’llanma oldi.