

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha milliy kengashning kengaytirilgan yigʻilishidagi belgilab bergan ustuvor vazifalari, qolaversa ushbu illatga qarshi kurashish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish maqsadida Xorazm viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi tizimidagi xodimlar uchun uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida boshqarmaning Kompleans nazorat bo‘limi boshlig‘i tomonidan Korrupsiyaga qarashi kurashish borasida qabul qilingan huquqiy normalar atroflicha tushintirildi. Tizimda korrupsion holatlarga aslo yo‘l qo‘ymaslik uchun barcha birdek ogoh bo‘lishiga chaqirildi.