Oʻzbekiston Respublikasining “Seysmik xavfsizlikni taʼminlash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni bilan shaharsozlik qoidalarini buzib, noqonuniy qurilish olib borgan yoki xavfli oʻzgartirishlar qilgan shaxslarga nisbatan javobgarlik choralari kuchaytirildi.