Ichimlik suv inshootlarni o‘rganish ishlari olib borilmoqda

Ichimlik suv inshootlarni o‘rganish ishlari olib borilmoqda




Xorazm viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan Tuproqqal’a tuman “Obod” ichimlik suv taqsimlash inshootida o‘rganish ishlari olib borildi.

Mazkur Suv taqsimlash inshooti 2019-yilda qayta rekonstruksiya qilingan. “Obod” mahallasida istiqomat qilayotgan 1434 nafar (507 xonadon) aholini ichimlik suvi bilan ta’minlaydi. 500 m/kublik, 2 ta rezervuar bilan ta’minlangan. O‘rganish jarayonida 6 ta nasos uskunasidan 3 tasi nosoz holatda ekanligi hamda rezervuar ustki qopqog‘i tamg‘alanmaganligi ma’lum bo‘ldi. Holat yuzasidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun suv ta’minoti tashkilotiga ko‘rsatma chiqarildi.

Hududlarda bu kabi o‘rganish ishlari davom etmoqda.


8-05-2025, 15:15
Sahifaga qaytish