Ommaviy sayyor qabul

Ommaviy sayyor qabul


Joriy yilning 12-16- may kunlari Respublika ishchi guruhi tomonidan Xorazm viloyatida vazirlik va tashkilot rabarlari tomonidan ijtimoiy iqtisodiy jihatdan og‘ir bo‘lgan chegara va chekka hududlarda aholi bilan muloqotni tashkil etish, ishsizlik va kambag’allik darajasini qisqartirish va mahallalarni obododnlashtirish, infrastrukturasini yaxshilash borasida joylarda Ommaviy sayyor qabul o‘tkazilishi belgilangan. 

Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Urganch filiali binosida Urganch shahri va Urganch, Yangibozor, Xonqa tumanlaridan kelgan fuqarolar uchun sayyor qabul tashkil etildi. Qabulda hududlardagi qurilish, kommunal soha bo’yicha aholini qiynyotgan murojaatlar ham tinglandi. 

Har bir murojaatchining masalasi viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i M.Kalandarov tomonidan nazoratga olindi. Soha mas’ullariga esa ularni yechish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi. 


13-05-2025, 11:58
Sahifaga qaytish