Respublika Ishchi guruhining ommaviy sayyor qabuli Shovot tumanida ham bo'lib o'tdi

Respublika Ishchi guruhining ommaviy sayyor qabuli Shovot tumanida ham bo'lib o'tdi






Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan yoʻlga qoʻyilgan xalq bilan muloqot tizimi fuqarolarni tashvishlantirayotgan ijtimoiy-maishiy muammolarga yechim topishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bugungi kunda davlat idoralari quyiga, mahallaga tushib fuqarolarning dard-u tashvishlarini oʻrganayotgani, har bir murojaat ijobiy hal etilayotgani aholining kayfiyati, turmush sharoitlari yaxshilanib borayotganida oʻz ifodasini topmoqda.

Bugun Respublika Ishchi guruhi vakillari ishtirokida Shovot, Gurlan, Qo‘shko‘pir tumanlari aholisi uchun sayyor qabul oʻtkazildi. Qabulda hududlardagi qurilish, kommunal soha bo‘yicha ham aholini qiynayotgan murojaatlar tinglandi. Har bir murojaatchining masalasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi mas’ul xodimi va viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari tomonidan nazoratga olindi. Bildirilgan muammolarning aksariyati shu yerning o‘zida hal qilinib, muddat talab qiladiganlari esa mas’ullarga biriktirib berildi.


14-05-2025, 18:52
Sahifaga qaytish