Qurilish bu–faqatgina devorlar emas, balki kelajak uchun yaratilayotgan imkoniyatlardir.
Xorazm viloyatida bugun ana shu imkoniyatlar to‘liq safarbar etilmoqda. Misol uchun viloyatning Xonqa tumanida ham qurilish sohasida salmoqli natijalarga erishilyapti. Ulardan ayrimlarini tanishtiradigan bo‘lsak:
Xonqa mebelsozlik kichik sanoat zonasi – 10 gektardan iborat sanoat zonasida 61 ta savdo dokoni va ishlab chiqarish kompleksi mavjud. Mazkur sanoat zonasining barpo etilishi natijasida 648 ta yangi isho‘rinlari yaratilgan.
“Yangi O‘zbekiston massivi” – tumandagi “Yosh kuch”mahallasi hududdida 10 gektar maydonda barpo qilinmoqda. Bosh rejaga asosan 46 ta, 5 qavatli uylarda jami 1228 ta xonadon, 1 ta 150 oʻrinli maktabgacha taʼlim tashkiloti, 1 ta 330 oʻrinli maktab, 1 ta qozonxona, 1 ta oqava suv tozalash inshoati, ichki yoʻllar va bolalar maydonchalari qurib foydalanishga topshirish belgilangan. 2022-2024-yillarda 29 ta turar joy 728 ta xonadon qurib foydalanishga topshirilgan. 2025-yilda massivda 14 ta turar joy 400 ta xonadon qurib foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.
“Do‘stlik” mahallasi hududida “Islom taraqqiyot banki” va OPEK xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi ishtirokida qurilayotgan yangi 330 o‘rinli umumiy o‘rta ta‘lim maktab binosi.