




“O‘zshaharsozlik LITI” DM direktori Bobir Elmuradov boshchiligidagi Respublika ishchi guruhi vakillari “Ko‘p qavatli uylarni zilzilabardoshligini o’rganish va aholining seysmik xavfsizligini taminlash bo’yicha amalga oshirilgan o'rganishlarning ma'lumotlarini jamlash va respublikaga yuborish uchun tashkil etilgan viloyat shtabi” a’zolari bilan Xorazm viloyati Urganch shahrida qurilayotgan ko‘p qavatli uylarning zilzilabardoshligini o’rganish va aholining seysmik xavfsizligini taminlash bo’yicha qilinayotgan ishlarni joyiga chiqqan holda o‘rganishdi.
Shuningdek, viloyat shtabi a'zolariga aniq vazifalar belgilanib, kunlik shahar-tumanlardan olingan ma'lumotlar umumlashtirib Respublika shtabiga kechiktrmasdan yuborilishi yuzasidan qat’iy topshiriqlar berildi.