









Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro va Xorazm viloyatidagi qurilish sohasida qonunchilik ijrosi ustidan nazoratga masʼul xodimlar, Viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi bosh boshqarmasi xodimlari, tuman (shahar) prokurorlari (katta) yordamchilari, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi inspektorlari hamda zilzilabardoshlikni o‘rganish bo‘yicha ishchi guruhlar aʼzolari ishtirok etishmoqda.
O'quv mashg’ ulotlari avvalida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Toir Alimatov so’zga chiqib 3 kun davomida beriladigan bilimlar nafaqat nazariy, balki amaliy jarayonlardagi ko'rinishi bilan yana ham ta’sirchan bo’lishini takidladi.
Kunning birinchi qismida ishtirokchilarga Ko’p kvartirali bino va inshootlarni loyihalashda seysmik xavfsizlik talablari, 12 va undan yuqori qavatli binolarning loyihalarini ilmiy-texnik ko’rikdan o‘tkazish va xulosa berish, ushbu yo’nalishda prokuror nazoratini tashkil etishga e’tibor qaratilishi lozim bo’lgan holatlar, shuningdek qurilish obyektlarining loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqilishi, ularni Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Loyiha ofisi” bilan kelishilishi, asosiy vazifa va funksiyalari bo’yicha nazariy bilimlarga ega bo’lishdi.