Birgalikda sayohat – mustahkam jamoa sari qadam!

Birgalikda sayohat – mustahkam jamoa sari qadam!




Muqaddas Qurbon hayiti va Yoshlar oyligi munosabati bilan Xorazm viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh  boshqarmasi xodimlari uchun Xiva shahridagi ’’Arda Xiva’’ turizm majmuasiga sayohat tashkil etildi. Boshqarma mutaxassislari hududdagi diqqatga sazovor maskanlar bilan tanishdilar. 

Albatta, bu kabi tadbirlar xodimlarning ruhiy va jismoniy sog‘lig‘ini tiklash, jamoa ichidagi hamjihatlik va do‘stona muhitni kuchaytirish, xususan, mahalliy turizmni rivojlantirish va tarixiy-madaniy obidalarni targ‘ib qilishga katta yordam beradi.


9-06-2025, 19:25
Sahifaga qaytish