O‘zbekistonda yoshlar kunini nishonlash orqali mamlakat yoshlari kelajak bunyodkorlari ekanligi, ularning kreativ salohiyati, ilm-fan va madaniyatdagi tutgan o‘rni naqadar muhim ekanligini anglash mumkin. Bu bayram yoshlarga berilgan e’tibor va ularning ulkan imkoniyatlari bilan bog‘liq bo‘lib, har yili keng miqyosda rag‘batlantirish va ijtimoiy qo‘llab‑quvvatlashni o‘zida ifodalaydi.
Ushbu bayram munosabati bilan Xorazm viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi bosh boshqarmasi va uning tuman-shahar bo'limlarida faoliyat olib borayotgan bir guruh yosh xodimlarga rahbaryatning tashakkurnomalari va esdalik sovg'alari topshirildi.
Albatta, bu kabi rag'batlar yosh xodimlarning namunali faoliyat yuritishi, ish jarayonida yangi tashabbuslar ko'rsatishlariga motivatsiya bo'ladi.
Fursatdan foydalanib, barcha yoshlarni bayram bilan yana bir bor tabriklaymiz!