



2025-2026 yillarda Shovot tumanini jadal kompleks rivojlantirishga asosan har bir sohada bunyodkorlik ishlari davom etmoqda.
Xususan, tumanning markaziy “Shohobod” o‘yingohini 15 mlrd so‘m evaziga rekonstruksiya qilib, zamonaviy sport majmuasi tashkil etish rejalashtirilgan.
Bugungi kunda o‘yingohning eskirgan qismi buzilib, mavjud binoni ta’mirlash hamda yangidan qo‘shimcha binolarni qurish ishlari amalga oshirilmoqda.