Xorazm Viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i Muzaffar Kalandarovning Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha murojaati

Xorazm Viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i Muzaffar Kalandarovning Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha murojaati

Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning eng muhim yo‘nalishlaridan biri bu — korrupsiyaga qarshi kurashish va shaffoflikni ta’minlashdir. Qurilish sohasi esa davlat va jamiyat manfaatlari, xalqimizning kundalik hayot sifatiga bevosita ta’sir etadigan muhim tarmoqlardan biri sifatida doimo e’tiborda bo‘lib kelmoqda.

Shularni inobatga olib, Xorazm viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2022-yil 12-yanvardagi PQ-81-sonli Qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 5-mart kungi Korrupsiyaga qarshi kurashishi milliy kengashi yg‘ilishida belgilab bergan muhim vazifalar va 2024-yil 5-iyundagi “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida” O‘RQ-931-son qonuni hamda 2024-yil 5-iyundagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonun ijrosini samarali tashkil etish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-210-son qarori yuzasidan barcha ishchi xodimar ishtirokida seminar, uchrashuvlar o‘tkazilib va bu yuzadan OAV vositalarida chiqishlar qilib kelinmoqda. 

Qolaversa, bosh boshqarma va tuman (shahar) bo‘limlarining mehnat huquqi, huquqbuzarliklarning oldini olish, shartnomalar va murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha bilimlarini kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Ushbu chora-tadbirlar rejasida “Huquqiy savodxonlik oyligi” yuzasidan 2025-yil iyul oyida 36 ta xodim O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi “Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish” mavzusidagi 24 soatlik maxsus chuqurlashtirilgan o‘quv kurslarini tamomlab sertifikat olishdi. 

Shuningdek, fuqarolar tizim xodimlarining korrupsiyaviy hatti-harakatlariga guvoh bo‘lganida yoki qonunchilikka zid boshqa huquqbuzarlik holatlariga aloqadorligi yuzasidan ma’lumotga ega bo‘lishganida vazirlikning “1298”qisqa raqami yoki 71-210-11-04 hamda @Qurilish_Komplaens_bot rasmiy telegram boti yoxud komplaens@mc.uz elektron pochta manzili orqali o‘z murojaatlarini yo‘llashlari mumkin.

Shu boisdan, men sohamizda faoliyat yuritayotgan barcha hamkasblarimizni halollik, mas’uliyat va qonun ustuvorligi tamoyillariga qat’iy amal qilishga chaqiraman. Har bir loyihada shaffoflikni ta’minlash, ortiqcha to‘lov va noqonuniy harakatlarga yo‘l qo‘ymaslik — bu nafaqat qonuniy majburiyat, balki insoniy vijdon va fuqarolik burchidir.

 

20-08-2025, 16:30
Sahifaga qaytish