

-79 kg vazn toifasidagi sportchilarimizdan navbatdagi xushxabar!
San’atbek Yusupboyev o‘smirlar o‘rtasida dast ko‘tarish bosqichida 3-o‘rinni egallab, Osiyo chempionatining bronza medalini qo‘lga kiritdi!
Hayitboy Abdushukurov yoshlar o‘rtasida dast ko‘tarishda 2-o‘rinni egalladi!
Oldinda hali siltab ko‘tarish bellashuvi kutmoqda.
Har ikkala sportchilarimizni ham ushbu muvaffaqiyatlari bilan Viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi hamda O‘zbekiston og'ir atletika federatsiyasi Xorazm viloyati bo‘limi nomidan samimiy tabriklaymiz!