







Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 1 - 11-iyul kunlari Qozog‘istonning Astana shahrida og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur yirik musobaqa doirasida bir qator Xorazmlik yosh og‘ir atletikachilar o'z imkoniyatlarini yuqori darajada namoyon etishdi:
Diyorbek Ro‘zmetov: 2 ta oltin va 1 ta kumush medaliga.
San’atbek Yusupboyev: o‘smirlar o‘rtasida 3 ta bronza medalini.
Munisbek Davletov: 2 ta oltin va 1 ta kumush medalga.
Amina Sharipova: 2 ta bronza medal ni qo'lga kiritishdi.
Quvonarlisi, Xorazmlik sportchilar musobaqa davomida jami 4 ta oltin 2 ta kumush va 5 ta bronza medallarni delegatsiyamiz hisobiga qo‘shib qo'yishdi.
Musobaqada ishtirok etgan barcha sportchilarimizni ushbu muvaffaqiyatlari bilan Viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi hamda O‘zbekiston og'ir atletika federatsiyasi Xorazm viloyati bo‘limi nomidan samimiy tabriklaymiz!