So‘nggi yillarda O‘zbekistonda qurilish sohasi iqtisodiy strategiyaning yetakchi yo‘nalishiga aylangan. Birgina sanoat va qurilish ishlarining o‘sish ko‘rsatkichlariga nazar tashlaydigan bo’lsak, 2025-yil yanvar–mart oylarida Xorazm viloyatida Qurilish ishlari – 110,4 % ga o‘sgan. Bu ko‘rsatkichlar qurilish va infratuzilmani kengaytirishda davlat e’tiborining yuqoriligini tasdiqlaydi. "Bunyodkor" ko'rsatuvining yangi sonida sohada amalga oshirilayotgan ishlarga Shovot tumani misolida nazar tashlaymiz.