Xiva shahri "Binokor" mahallasida joylashgan 6-sonli ko‘p qavatli uy va "Guliston" mahallasida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda

Xiva shahri "Binokor" mahallasida joylashgan ko‘p qavatli 6-sonli uyda va "Guliston" mahallasida kuz-qish mavsumiga sifatli tayyorgarlik ko‘rish maqsadida bir qator muhim ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Xususan, "Guliston" mahallasida joylashgan TP 9940 transformator punkti mukammal ta’mirlanib, elektr energiyasi ta’minotining uzluksiz va xavfsiz ishlashi uchun barcha zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Ta’mirlash ishlari davomida transformator punktining asosiy qismlari yangilanib, kabellar almashtirilmoqda va texnik ko‘rsatkichlari zamon talablariga moslashtirilmoqda.

Mazkur ishlar hudud aholisi uchun qulaylik yaratish, energiya resurslaridan samarali foydalanish va mavsumiy qiyinchiliklarning oldini olishga xizmat qiladi.

18-07-2025, 18:30
Sahifaga qaytish