Tuproqqal’a tumanida BSKlar faoliyati o‘rganildi

Tuproqqal’a tumanida BSKlar faoliyati o‘rganildi





Xorazm viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari J.Yoʻldoshev tomonidan “Koʻp kvartirali uylarni 2025-2026-yil kuz-qish mavsumiga tayyorlash manzilli dasturi” yuzasidan Tuproqqal’a tumanida oʻrganish ishlari olib borildi.

Oʻrganish davomida “Muhabbat” mahallasi “Ogahiy” koʻchasi 3/6-uy va “Xalqlar do‘stligi” koʻchasidagi 3/7, 3/11-uylarning kirish yoʻlaklari va fasad qismini taʼmirlash ishlarining hamda beton yotqizilganganligi xolatlari oʻrganildi. Ushbu uylarda yashovchi fuqarolar fikrlari eshitildi. Bundan tashqari “Drujba foton” BSK binosi koʻzdan kechirilib, dispetcherlik xizmatining tashkil etilganligi, BSK zahira materiallari mavjudligi ko‘zdan kechirildi. Mas’ullarga faoliyatni yaxshilash bo‘yicha topshiriqlar berilib, Bosh boshqarma boshligʻi oʻrinbosari J.Yoʻldoshev tomonidan nazoratga olindi.

21-07-2025, 12:00
Sahifaga qaytish