



Xorazm viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari J.Yuldoshev Xiva shahri, Shovot va Bog‘ot tumanlarida bo’lib, ko‘p kvartirali uylarga Boshqaruv servis kompaniyalari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar va ularning sifatini o‘rgandi. Aholining fikrlarini tinglab, tizimdagi muammolarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.
Bosh boshqarma boshlig‘i o‘rinbosarining tuman-shaharlardagi o‘rganishlari davom etmoqda.