Biz korrupsiyaga qarshimiz!

Biz korrupsiyaga qarshimiz!

                           

Korrupsiya — bu mansabdor shaxs yoki xizmat pozitsiyasiga ega shaxs tomonidan, shaxsiy yoki boshqa odamlarning manfaati yo‘lida moddiy yoki nomoddiy foyda olish maqsadida qonunga zid ravishda vakolatdan foydalanishdir.

Bugun Xorazm viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi hamda tuman-shahar bo‘limlaridagi xodimlari uchun “Korrupsiyaga qarshi kurashish hamda manfaatlar toʻqnashuvi holatlarini oldini olish" mavzusida seminar trening oʻtkazildi. Bunda viloyat Adliya boshqarmasidan mas’ul xodimlar mehmon sifatida taklif etilib, korrupsiyaga qarshi kurashish borasida olib borilayotgan ishlar, shuningdek qonunchilikdagi yangiliklar bilan batafsil tanishtiridi. 

Bu kabi targ‘ibot tadbirlari tizim  xodimlari orasida korrupsiyaga qarshi kurashish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik choralarini  yanada oshirishga, ogohlikka chorlashga katta yordam beradi.


1-08-2025, 15:00
Sahifaga qaytish