Urganch shahridagi Boshqaruv servis kompaniyalari faoliyati o‘rganilmoqda

Urganch shahridagi Boshqaruv servis kompaniyalari faoliyati o‘rganilmoqda

    
    

Xabar berib borayotganimizdek, Xorazm viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Jasurbek Yuldoshev tuman-shaharlarda BSK faoliyatini o‘rganmoqda. O‘rganish ishlari Urganch shahrida davom etib, 742 ta koʻp kvartirali uylarga xizmat ko‘rsatuvchi 12 ta BSKlarida olib borilyapti.

Bosh boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari J.Yuldoshev BSKlarning xizmat ko‘rsatish uchun yaratilgan sharoitlar, barcha zarur uskunalar bilan ta’minlanganligini ko‘zdan kechirdi. Qolaversa joriy yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha dasturga tushgan ko‘p kvartirali uylarning hozirgi holati bilan ham tanishildi. Tayyorgarlik ishlarini belgilangan muddatlarda sifatli qilib yakunlash bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.


7-08-2025, 10:00
Sahifaga qaytish