



Mamlakatimizda har yili avgust oyining ikkinchi yakshanbasida “O‘zbekiston Respublikasi qurilish sohasi xodimlari kuni” keng nishonlanadi. Viloyatimizda shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda viloyat hokimi Jo‘rabek Raximov ishtirok etib, vohada amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari haqida to‘xtaldi va quruvchilarni kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etdi. Bayram munosabati bilan sohaning bir guruh fidoyi vakillariga viloyat hokimining faxriy yorlig‘i va qimmatbaho sovg‘alari topshirildi.