Yirik quyosh elektr stansiyasi barpo etilmoqda

Yirik quyosh elektr stansiyasi barpo etilmoqda

                            

Maʼlumki davlat tomonidan qayta tiklanuvchi energetikani rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilib, katta dasturlar amalga oshirilmoqda. 2030-yilga borib, aholisi 40 milliondan ortadigan Yangi O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun zarur bo‘lgan energiyaning 40 foizini “yashil energiya” hisobidan qoplash maqsad qilingan.

Bu borada aholi manfaatdorligini oshirish uchun “Quyoshli xonadon” dasturi boshlandi. 14 milliard so‘m imtiyozli resurslar ajratildi, soliq imtiyozlari berildi. Shuningdek, ehtiyojdan ortiqcha elektrni davlat tomonidan kafolatli xarid qilish tizimi yo‘lga qo‘yildi. Ana shu ishlar natijasida Prezidentimiz tashabbusi bilan Xorazm viloyatining Tuproqqal’a tumanida quvvati 126 megavattgacha yetadigan quyosh fotoelektr syansiyasi barpo qilinmoqda.


18-08-2025, 11:00
Sahifaga qaytish