
Hurmatli Xorazm viloyati fuqarolari hamda tadbirkorlari!
Bugun 20-avgust kuni Gurlan tumanida soat 11:00 da Xorazm viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi bosh boshqarmasi rahbariyatining sayyor qabuli bo‘lib o‘tadi.
Sayyor qabul davomida asosiy eʼtibor, aholini qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasi tizimida qiynab kelayotgan muammoli masalalarni aniqlash va ularga yechim topish, aholini roziligini taʼminlash, fuqarolarning qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasiga boʼlgan ishonchini yanada mustahkamlashga qaratiladi.
Manzil: Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi Gurlan tumani bo'limi binosi
Ma'lumot uchun telefon: +998(62)-223-12-68