Mamlakatimizdagi 16 ta shahar va tuman uchun "Jadal rivojlantirsh dastur"i ishlab chiqilgan. Ushbu dastur doirasida yuqori iqtisodiy oʻsishga turtki beruvchi ijtimoiy va infratuzilma loyihalarini moliyalashtirish uchun davlat byudjetidan 1 trillion soʻm ajratilishi belgilangan. Ushbu hujjatga koʻra viloyatimizning Shovot tumani rivojlantirish dasturiga kiritilgan. Tumanda yangi loyihalarni amalga oshirish maqsadida katta qurilish va bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda.