Barcha hududlarda bo‘lgani kabi Xorazm viloyatidagi 531 ta mahalla, hamda idora va tashkilotlarda "Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki" shiori ostida umumxalq xayriya hashari boshlandi.
Ushbu hashar doirasida mahallalar, ko‘p qavatli uylar hududi, xiyobonlar, ziyoratgohlar, ko‘cha va yo‘laklar hamda bolalar maydonchalari obodonlashtirilib, tozalik ishlari amalga oshirilmoqda.
Bu xayrli tashabbusga befarq bo‘lmagan Xorazm viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi xodimlari ham hissa qo’shish maqsadida, Urganch shahridan o’tuvchi Shovot kanali atrofidagi yerlarni obodonlashtirish ishlarini tashkil qilishdi.