Rasmiy munosabat

Rasmiy munosabat

Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda Urganch tumani “Yoshlik” mahallasi “Mustaqillik” ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylarda yashovchi ayrim fuqarolar tomonidan ko‘p qavatli uylarning atrofi chiqindiga to‘lib ketgani, kirish qismi va yerto‘lasi ta’mirtalab holatda ekanligidan norozilik bildirib, video murojaat joylashtirilgan. Mazkur holat Xorazm viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi Bosh boshqarmasi mas’ullaridan iborat ishchi guruh tomonidan o‘rganib chiqildi. O‘rganishga ko‘ra quyidagilarni ma’lum qilamiz: Mazkur manzildagi ko‘p kvartirali uyga bugungi kunda “URGANCH TUMANI KO‘P KVARTIRALI UYLARNI BOSHQARUV SERVIS KOMPANIYASI” MChJ tomonidan xizmat ko‘rsatib kelinayotganligi va ushbu uyga xizmat qiluvchi “Urganch tumani suvta’minoti” MChJga qarashli markaziy oqava quvurlarida nosozlik yuzaga kelganligi sababli uyning yerto‘la qismiga suv ketganligi aniqlandi. Ushbu holat yuzasidan “Urganch tumani suvta’minoti” MChJ va “URGANCH TUMANI KO‘P KVARTIRALI UYLARNI BOSHQARUV SERVIS KOMPANIYASI” MCHJlar hamkorligida yuzaga kelgan kamchiliklar joyida bartaraf qilinganligini va ushbu ko‘p kvartirali uyning yerto‘la qismi suvdan tozalanganligini ma’lum qilamiz.

2-09-2025, 11:00
Sahifaga qaytish