Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari muhokama qilindi

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari muhokama qilindi




Kuni kecha Urganch shahar va Yangibozor tumanida viloyat hokimining oʻrinbosarlari S.Bekchanov va S.Salayev, Viloyat prokurorining oʻrinbosari X.Norqobilovlar tomonidan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik yuzasidan tanqidiy yigʻilish oʻtkazildi. Yigʻilishda, viloyat hokimligi masʼul kompleks rahbarlari, ijtimoiy soha muassasalari, qurilish, elektr, gaz, issiqlik ta’minoti va boshqa tashkilotlar hamda ularning quyi tizim rahbarlari qatnashdi.

Mavsumga tayyorgarlik boʻyicha yoʻl qoʻyilgan kamchilik va nuqsonlar yuzasidan mas’ullarning axborotlari tinglandi. Shuningdek, ish faoliyati davomida masʼuliyatsizlikka yoʻl qoʻygan rahbarlarga nisbatan tegishli choralar koʻrilishi haqida ogohlantirildi.

Yigʻilish yakunida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha masʼul tashkilotlarga tegishli topshiriq va koʻrsatmalar berilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.


25-09-2025, 10:00
Sahifaga qaytish